O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i
«O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi qonun 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan. Davlat bayrog'i — O'zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi.
Bayroq to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'lib, uchta gorizontal yo'ldan — moviy, oq va yashil ranglardan iborat. Yo'llar orasidan ingichka qizil hoshiyalar o'tgan. Yuqoridagi moviy yo'lning dastaga yaqin qismida oq rangli yangi oy va o'n ikkita yulduz tasvirlangan. Bayroq enining bo'yiga nisbati 1:2.
- Moviy rangMusaffo osmon va obihayot ramzi
- Oq rangTinchlik, poklik va ezgu niyatlar ramzi
- Yashil rangTabiatning yangilanishi va hosildorlik ramzi
- Qizil hoshiyalarHayotiy kuch-quvvat ramzi