O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
«O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. Davlat madhiyasi — O'zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi; unga chuqur hurmat bilan munosabatda bo'lish har bir fuqaroning burchidir.
- She'r muallifiAbdulla Oripov
- Musiqa muallifiMutal Burhonov
Cholg'u ijrosi (so'zsiz). Manba: Wikimedia Commons, jamoat mulki.
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqorat
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!