SamDTU ko'p tarmoqli klinikasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o'tkazildi
SamDTU ko'p tarmoqli klinikasida “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari o'tkazildi
Butun dunyo bo'ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Xususan, bugun SamDTU ko'p tarmoqli klinikasi ma'muriyati kasaba uyushma qo'mitasi bilan birgalikda klinika xodimlarining farzandlari va bo'limlarda davolanayotgan bolalar uchun bayram tadbiri o'tkazildi. Bayram munosabati bilan bolalar uchun viloyat qo'g'irchoq teatrida “Zumrad va Qimmat” spektakl tomoshasi namoyish etildi. Shundan so'ng bolajonlar uchun Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'iga sayr o'tkazildi. Mazkur bayram tadbirlari bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi. Shuningdek, bayramga kelgan barcha bolalarga klinikaning esdalik sovg'alari topshirildi.

![]() |
![]() |
||
![]() |
![]() |
||
![]() |
![]() |
||
![]() |
|||
SamDTU ko'p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati






