Самарқанд давлат тиббиёт университети кўп тармоқли клиникасида халқаро нейрохирургик илмий-амалий семинар ўтказилди

Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko'p tarmoqli klinikasida xalqaro neyroxirurgik ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi

29.04.2023 1294

Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko'p tarmoqli klinikasida xalqaro neyroxirurgik ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi

            

Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko'p tarmoqli klinikasi 2023 yil 29 aprel kuni AQShning Sent-Lyuis universiteti professorlari va SamDTUning Neyroxirurgiya kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan “Zamonaviy neyroxirurgiyaning imkoniyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar va master-klass tashkil etildi. Xalqaro tadbirda AQShning Sent-Lyuis universiteti professorlari Robert Endryu Morgan va  Filipp Jozef Artur, SamDTU ko'p tarmoqli klinikasi bosh vrachi, t.f.d., professor N.N. Abdullaeva, neyroxirurgiya kafedrasi professori, t.f.d. A.M. Mamadaliev, kafedra mudiri, PhD, dotsent M.A.Alievlar  prezentatsiyalarni qo'llagan holda ilmiy ma'ruzalar qilib o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.

Xalqaro seminarda 40 dan ortiq mutaxassislar, jumladan neyroxirurglar, nevropatologlar, travmatologlar, vertebrologlar, magistratura rezidentlari, klinik ordinatorlar va talabalar faol qatnashdilar.

 

                                                SamDTU ko'p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati.

Telegram Instagram +99866 238-67-26