Kattaqo'rg'on tuman tibbiyot birlashmasida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi
Kattaqo'rg'on tuman tibbiyot birlashmasida yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1apreldagi “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi PQ–188-son qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan 2023 yil 21oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-son xirurgik kasalliklar, transplantalogiya, urologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari (kafedra mudiri prof. Kurbaniyazov Z.B., DSc dotsent Raxmonov Q.E, PhD dotsent Arziev I.A.) va universitet ko'p tarmoqli klinikasi xirurgiya bo'limi vrachlari (bo'lim mudiri PhD Zayniev A.F., Mamanov M.Ch.) Kattaqo'rg'on tuman tibbiyot birlashmasida birinchi marotaba laparoskopik xoletsistektomiya jarrohlik amaliyotini o'tkazishdi. Shu bilan birga katta xajmli ventral churrada qorin oldingi devorini taranglashtirmasdan alloplastika qilish usulini hamda minilaporatom (5smli kesma bilan) xoletsistektomiya amaliyotini o'tkazishdi. Yuqoridagi jarrohlik amaliyotlarida maxalliy mutaxassislar ham ishtirok etishdi. Natijada 3ta zamonaviy jarrohlik amaliyotlari: miniinvaziv (laparoskopik va minilaporatom) xoletsistektomiya va abdominal kompartmen sindromni oldini olishga qaratilgan taranglashtirmasdan bajariladigan gernioalloplastika usuli tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo'limi amaliyotiga joriy etildi va maxalliy jarrohlarning amaliy ko'nikmalari shakllantirildi
Professor Kurbaniyazov Z.B. laparoskopik xoletsistektomiya amaliyotini maxalliy jarroh bilan bajarmoqda
DSc, dotsent Raxmonov Q.E ventral churrada tarnglashtirmasdan bajariladigan gernioalloplastika amaliyotini o'tkazishdi
PhD, dotsent Arziev I.A. minilaporatom kesma bilan xoletsistektomiya amaliyotini amalga oshirdi
SamDTU ko'p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati