SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi mutaxassislari Tyumen Federal neyroxirurgiya markazida malaka oshirdilar

SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi mutaxassislari Tyumen Federal neyroxirurgiya markazida malaka oshirdilar

30.11.2023 1294

 

SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi mutaxassislari Tyumen Federal neyroxirurgiya markazida malaka oshirdilar

 

     SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi neyroxirurgiya bo‘limi mudiri Rajabov X.X. universitet huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazining yetakchi assistenti Husanov Z.T. bilan birgalikda 2023-yil 28-29-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahrida o‘tkazilgan “Bosh asosi o‘smalarida endoskopik transnazal xirurgiya” xalqaro ilmiy-amaliy o‘quv kurslari va anjumanida ishtirok etishdi.

  Anjumanda Rossiya Federatsiyasi va jahonning eng yetakchi neyroxirurg-professorlar, neyroxirurgiya sohasining taniqli vakillari qatorida SamDTU va klinika delegatsiyasi vakillari ham ma’ruzalar bilan faol ishtirok etdilar.

  Ishirokchilar 3D-kadaverli labaratoriyada bo‘lib o‘tgan master-klass loyihasida o‘z malakalarini oshirib, bosh asosi xirurgiyasida qo‘llaniluvchi yuqori texnologiyali operatsiya usullarini o‘rganish va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  Mutaxassislarimiz anjumanning ikkinchi kunida o‘tkazilgan “Live surgery” amaliyotida murakkab lokalizatsiyali o‘smalarda bajarilgan operatsiyalarda ishtirok etib, anjuman so‘ngida sertifikatlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Rossiya federatsiyasining Tyumen shahridagi Neyroxirurgiya markazi jamiyati bilan kadrlar tayyorlash, ilmiy va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

 

 

 

 

 

 

 

SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasining matbuot xizmati

Telegram Instagram +99866 238-67-26