“Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi-2024” viloyat saralash bosqichi o‘tkazildi

16.09.2024 120
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbeksiton Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ijroya qo‘mitasining qo‘shma Qarori ijrosi doirasida 2024 yil 14 sentyabr kuni Samarqand viloyat davolash-profilaktika muassasalari xodimlari o‘rtasida “Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi-2024” viloyat saralash bosqichi o‘tkazildi. Mazkur musoboqada SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasining vrach va hamshiralari sportning mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha faol ishtirok etishdi. O‘tkazilgan sport o‘yinlarida reanimatsiya bo‘limi vrachi Sh.Boboyorov shaxmat bo‘yicha, proktologiya bo‘limi vrachi A. Shodmonov stol tennisi bo‘yicha faxrli 1 o‘rinni egallashdi va musobaqaning respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. G‘oliblar va boshqa ishtirokchilar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Telegram Instagram +99866 238-67-26