Klinikada spinal endoskopik operatsiyalar yo’lga qo’yildi
Klinikada spinal endoskopik operatsiyalar yo’lga qo’yildi
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi neyroxirurgiya bo‘limi zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlanib borilmoqda. Xususan, bo‘lim zamonaviy neyroendoskop qurilmasi bilan jihozlangandan so’ng, universitetning Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi professor-o‘qituvchilari bilan xamkorlikda bir qancha yangi turdagi miniinvaziv operatsiyalar amaliyotga joriy etildi.
2024 yil 14-sentyabr kuni 3 nafar bemorlardagi bel-dumg’aza sohasidagi disk churralari spinal neyroendoskop yordamida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Spinal neyroendoskopik operatsiyalar umurtqa pog’onasida o’tkaziladigan boshqa turdagi operatsiyalardan kam invaziv ekanligi bilan birgalikda, bemorning shifoxonada davolanish muddatining qisqarishi hamda mehnat faoliyatining tez tiklanishini ta’minlashi bilan ahamiyatlidir. Bu turdagi operatsiyalarda kichik teshik orqali endoskop kamerasi yordamida disk churrasining atrofidagi nerv ildizlaridan xavfsiz ajratish va churrani to’liq olib tashlash imkonini yaratadi.
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati