KONSTITUTSIYA - ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI!
2024 yilning 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
bayrami munosabati bilan SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasining kichik majlislar
zalida Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi shiori ostida ma’naviy -ma’rifiy
tadbir o‘tkazildi. Tadbirda klinikaning ma’muriyat xodimlari, davolash va
yordamchi diagnostika bo‘limlari mudirlari ishtirok etishdi. Dastlab bosh vrach,
professor N.Abdullaeva tomonidan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning
konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi o‘qib
eshittirildi. Shu bilan birga O‘zbekistonning mustaqil, demokratik, suveren davlat
sifatidagi maqomini mustahkamlovchi yangi ta’moyillarni o‘z ichiga olishi, hamda
Konstitutsiyaviy islohot davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi yondashuvni va
faoliyat ta’moyillarini tubdan o‘zgartirishga, Yangi O‘zbekistonda o‘zaro
munosabatlarning asosi sifatida “davlat-jamiyat-inson” tamoyili o‘rniga “insonjamiyat-davlat” g‘oyasini asos qilib qo‘yishga qaratilganligi kabi qonun jihatlari
to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.