KLINIK NEVROLOGIYA VA NEYROREABILITATSIYADA INNOVATSION YONDASHUVLAR» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi
Joriy yilning 28-29-noyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining kasbiy
malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda fundamental, klinik va amaliy nevrologiya,
neyroreabilitatsiya va neyroxirurgiyaning dolzarb masalalarini muhokama qilishga
qaratilgan “KLINIK NEVROLOGIYA VA NEYROREABILITATSIYADA INNOVATSION
YONDASHUVLAR” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Xalqaro
konferensiyaga Ispaniya, Rossiya, Turkiya, AQSH, Fransiya, Singapur, Qozog‘iston va
O‘zbekistonning yetakchi oliy tibbiyot ta’lim muassasalari va ilmiy-amaliy markazlaridan
mutaxassislar, shu jumladan SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi bosh vrachi prof.
N.N. Abdullaeva, bosh vrachning onalik va bolalikni muxofaza qilish ishlari bo‘yicha
o‘rinbosari prof. A.T. Djurabekova, nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va neyroxirurgiya
bo‘limi vrachlari ishtrirok etishdi.
Anjumanning ochilishida so‘zga chiqqan SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev,
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining kasbiy
malakasini oshirish markazi direktori Habibulla Ataullayevich Akilov hamda O‘zbekiston
nevrologlar assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi nevrologiya kafedrasi mudiri,
t.f.d., professor Baxtiyor G‘ofurovich G‘ofurovlar tashkil etilgan mazkur nufuzli
anjumanning soha rivoji va ilmiy-amaliy ko‘nikmalar almashishdagi ahamiyatini alohida
ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladilar.
Yalpi majlisdan so‘ng anjuman o‘z ishini sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi.
konfdeensiya davomida «Nevrologik amaliyotda og‘riq sindromlarini davolashga
tabaqalashtirilgan yondashuvlar», «Serebrovaskular patologiyalar bo‘yicha nevrologik
bo‘shliqlar orasidagi ko‘priklar», «Neyroreabilitatsiya uchun miya-kompyuter
interfeyslari», «Neyroreabilitatsiyadagi zamonaviy tendensiyalar», «Insult o‘tkazgan
bemorlarni dalillarga asoslangan reabilitatsiya qilish», «Fransiyada neyroreabilitatsiya
sohasidagi innovatsiyalar», «O‘zbekistonda Parkinson kasalligi va markaziy asab
tizimining boshqa harakat buzilishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning dastlabki
natijalari» kabi mavzularda ma’ruzlalar tinglanib, atroflicha muhokamalar qilindi.
Tashkil etigan mazkur almiy-amaliy konferensiya yurtimizda fundamental, klinik va
amaliy nevrologiya, neyroreabilitatsiya va neyroxirurgiya sohasini yangi bosqichga
ko‘tarish, jahon tajribasini joriy qilish va xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati