Samarqand shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi mahallada tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Samarqand shahridagi G‘afur G‘ulom nomidagi mahallada tibbiy ko‘rik
o‘tkazildi
Joriy yilning 15.01.25 yilda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi
deputati, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi bosh vrachi, t.f.d., professor
Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna boshchiligida 3-Suzangaron saylov
okrugiga qarashli Samarqand shahrining G‘afur G‘ulom maxallasida yashovchi
fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik o'tkazildi.
Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolar umumiy qon va siydik taxlili, Suxarev
bo‘yicha qon ivish vaqti, EKG, UTT diagnostik tekshiruvlaridan o‘tkazilib,
revmatolog, kardiolog, oftalmolog, nevropatolog, terapevt, proktolog LOR
mutaxassislari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.