“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi “2030-yilga qadar “O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining ijrosi bo‘yicha Samarqand
davlat tibbiyot universiteti va ko‘p tarmoqli klinikasida ham gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan ishlar Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan munosib taqdirlandi.
Joriy yilning 16-yanvar kuni Toshkent shahrida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosimda Oliy Majlis Senati raisi, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi Tanzila Norboeva va mas’ul raxbarlar nominatsiya g‘oliblarini
taqdirladilar. Shu jumladan SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi ham “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat organi” nominatsiyasida faxrli 2-o‘rinni egalladi. Maxsus diplom hamda taqdirlash statuetkasi klinika bosh vrachi, professor N.N.Abdullaevaga topshirildi.
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati