Yaponiyalik mutaxassislarning klinikaga tashrifi
Joriy yilning 15-yanvar kuni Yaponiyaning xalqaro Texno Markazi “MPH International Techno Center Co” konsultanti janob Kota Yoshifuji va transfuziolog mutaxassislar Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasiga tashrif buyurishdi. Delegatsiya a’zolarini SamDTU davolash ishlari prorektori, klinika bosh vrachi professor N.N. Abdullaeva va Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Z.Z. Aminovlar kutib olishdi. Klinika ma’muriyatida davra suxbati o‘tkazildi. Unda yaponiyalik mutaxassislarga klinikada amalga oshiriladyotgan davolash, donorlik va bemorlarga qon quyish faoliyati va tartibi haqida batafsil
ma’lumotlar berildi. Yaponiyalik transfuziologlar bergan dolzarb savollariga javob olishdi hamda donorlik va gemotronsfuziya xizmatini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarining tajribalari haqida gapirishdi hamda tegishli tavsiyalarini berishdi.
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati