SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
2025 yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash faoliyati yuzasidan
kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar yuzasidan 06 mart kuni SamDTU
ko‘p tarmoqli klinikasida ma’muriyat xodimlari, bo‘lim va bo‘linmalar mudirlari
ishtrokida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni klinika bosh vrachi professor N.N. Abdullaeva olib bordi. Nargiza
Nurmamatovna yig‘ilish ishtirokchilarini O‘zbekiston Prezidenti raisligida 5 mart
kuni o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlari haqida ma’lumot berdi xamda korrupsiyaviy
xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga
qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga xam to‘xtalib o‘tdi.