Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!
Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!

Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol!

08.03.2025 740
Har yili 8-mart butun dunyoda, shu jumladan yurtimizda ham keng nishonlanib, nozik xilqat egalari e’zozlanadi. Samarqand davlat tibbiyot universitetida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda ko‘p tarmoqli klinikasining mutaxassislari ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan katta bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizaev kirib kelayotgan bayram bilan barcha opa-singillarimizni tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, omad va baxt hamisha yor bo‘lishini tiladi. Shuningdek, universitetda va ko‘p tarmoqli klinikada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hamda xodimlar bayram munosabati bilan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bayramona tadbir yakunida Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan “O‘jar qaynona” spektakli namoyish etilib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Telegram Instagram +99866 238-67-26