Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida murakkab laparoskopik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi
Ma’lumki 2024 yilda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida yangi 200 o‘rinli xirurgik bino foydalinishga topshirilib mazkur binoda uroginekologiya bo‘limi tashkil etilib, universitetning “Urologiya” kafedrasi uning bazasiga ko‘chirib o‘tkazilgan edi. Mana qisqa vaqt ichida bo‘lim va kafedra mutaxassislari 20 dan ortiq turli urologik muammolarni kam invaziv usullarda jarrohlik usulida bartaraf etishmoqda. Jumladan zamonaviy qisqa to‘lqinli zarba kuchi bilan litotrepsiya, lazer yordamidagi TURP kabi texnologiyalar ham keng qo‘llanilmoqda.
Navbatdagi yuqori texnologiyali laparosokpik amaliyot 19 yoshli bemorda muvaffaqiyatli amalga oshirildi. “Chap tomonlama buyrak-jom segmentini torayishi” asorati: chap buyrakdagi gidronefroz II-darajasi tashxisi bilan bir necha bor turli tibbiyot muassasalarida davolangan. Biroq kutilgan natija bo‘lmagani uchun u SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi Uro-ginekologiya bo‘limiga murojaat qildi.
2025-yil 30-avgust kuni klinikaning Uro-ginekologiya bo‘limida uning bazasida joylashgan SamDTUning Urologiya kafedrasi xodimlari bilan birgalikda bemorda laparoskopik usulda “Piyelo-uretroanastomoz shakllantirish va chap siydik nayini stentlash” jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.
Jarrohlik amaliyotdan bor-yo‘g‘i 2 soat o‘tib bemor mustaqil harakatlana boshladi. Oradan 1 kun o‘tib esa bemor qoniqarli ahvolda uyiga javob berildi. Bunda kaminvaziv amaliyotlar bemorlarga 1-2 kun ichida oyoqa turib ketishiga, amaliyotdan keyingi asoratlraning oldini olishga va reabilitatsiya davrining keskin qisqarib tez kunlarda faol ish jarayoniga qaytishiga olib keladi.