18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
2025 yil 18 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi ma’muriyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir mamlakatimiz bayrog‘ini binoga tantanali ravishda olib kirilishi va Davlat madhiyasini jo‘rlikda ijro etishdan boshlandi Tadbirni klinika bosh vrachi, prof. N.N.Abdullaeva olib bordi. Nargiza Nurmamatovna tomonidan bayrog‘imiz qabul qilingan kunning ahamiyati, vatanparvarlik va milliy birdamlik g‘oyalari yoritib berildi. Shu bilan birga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimiz ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar klinika bo‘limlarida vrachlar, o‘rta va kichik tibbiy xodimlar xamda SamDTUning kafedra professor-o‘qituvchilari, klinik ordinator-magistr va talabalar ishtirokida ham o‘tkazildi.