2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan o‘tkazilgan reyting baholash natijalariga ko‘ra, saylovchilar bilan samarali ishlagan, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajargan eng faol deputatlar viloyat Kengashi raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Reyting natijalariga ko'ra, 2025-yilda eng yuqori ball olgan deputatlar orasida 3-So‘zangaron saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati, SamDTU davolash ishlari prorektori, ko‘p tarmoqli klinika bosh vrachi, professor Abdullaeva Nargiza Nurmamatovna e'tirof etildi. Bu e’tirof – halol mehnat, mas’uliyat va xalq ishonchining samarasidir.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi jamoasi nomidan Nargiza Nurmamatovnaning ushbu yutuqi bilan faxrlanamiz va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati