SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi Neyroxirurgiya bo‘limi mudiri Xitoyda malaka oshirishda bo‘lib qaytdi

29.01.2026 564
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi Neyroxirurgiya bo‘limi mudiri Xitoyda malaka oshirishda bo‘lib qaytdi Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi oliy tibbiy ta’lim hamda klinik markazlaridan biri — Xinjiang Medical University o‘rtasida tuzilgan ilmiy-amaliy hamkorlik memorandumi doirasida 2026 yil 15–21 yanvar kunlari klinikaning Neyroxirurgiya bo‘limi mudiri Rajabov Xoliyor Xolmurotovich Urumchi shahridagi Xinjiang Medical University klinikasining Neyroxirurgiya bo‘limida yuqori texnologiyali neyroxirurgik amaliyotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha malaka oshirishda bo‘lib qaytdi. Xizmat safari davomida neyroxirurgiyaning zamonaviy va yuqori texnologik yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy klinik amaliyotlar bilan yaqindan tanishdi va jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etdi. Jumladan, bosh miya anevrizmalarini klipslash, akustik nevrinomalarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash, selektiv amigdalogippokampektomiya, shuningdek gemifasial spazmlarni zamonaviy usullar asosida davolash bo‘yicha amaliy tajribalar orttirdi. Mazkur malaka oshirish safari SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida neyroxirurgiya sohasini yanada rivojlantirish, amaliyotga ilg‘or xorijiy texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati
Telegram Instagram +99866 238-67-26