Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasida zamonaviy endo-urologik amaliyotlar muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda
Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasida zamonaviy endo-urologik amaliyotlar muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda
Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan Urologiya kafedrasi hamda universitet ko‘p tarmoqli klinikasining endo-urologiya bo‘limida siydik-tosh kasalliklarini davolash bo‘yicha zamonaviy, kam invaziv jarrohlik amaliyotlari izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, endoskopik va lazer texnologiyalar yordamida bemorlar uchun kam jarohatli, yuqori samarali va xavfsiz jarrohlik yordami ko‘rsatilmoqda.
Qayd etish joizki, laparoskopik va lazerli endo-urologik amaliyotlar bemorlarda erta tiklanish imkonini yaratib, operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishi xavfini minimal darajaga tushiradi.
SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi matbuot xizmati