SamDTU va ko‘p tarmoqli klinikasi Terapevt mutaxassislari Poytaxtimizdagi o’tkazilgan VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressida ishtirok etdi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi terapiya bo‘limi shifokorlari Xolmaxmatova Eldor Azamatovich, Boliyev Xojiakbar Ismoilovich hamda dotsent N.A.Abdulayev nomidagi 1-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri dotsent Xamrayev Xamza Xamidullayevich bilan birgalikda 2026-yil 25–26-sentyabr kunlari Poytaxtimizdagi "Hilton" mehmonxonasida VIII Yevroosiyo revmatologlar kongressida ishtirok etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston revmatologlar assotsiatsiyasi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjumanda yurtimizdan tashqari, Xitoy, Rossiya, Fransiya, Singapur, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi 10 dan ortiq davlatdan 70 nafardan ziyod olimlar, spikerlar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.