Irsiy va orfan kasalliklarni taşxislaş hamda davolaşga bağişlangan “Çegarasiz hamkorlik” V xalqaro forumi bölib ötdi

04.11.2026 0

Joriy yilning 29–30-oktabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Irsiy va orfan kasalliklarni taşxislaş hamda davolaşga bağişlangan “Çegarasiz hamkorlik” V xalqaro forumi bölib ötdi.
Forumda Özbekiston, Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Italiya, Fransiya, Isroil, Gruziya, Şvetsiya, Belgiya va Finlyandiya kabi mamlakatlarning yetakçi olimlari, akademiklari, tibbiyot sohasi mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot markazlari va soğliqni saqlaş taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Forumning tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining tibbiyotni isloh qiliş böyiça örinbosari Tamila Anvarovna Alieva, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizaev, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan akademik Tamara Aripova, şuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasi akademiklari Vladimir Starodubov, Aleksandr Rumyansev, Dmitriy Morozov va Sergey Kutsev iştirok etib, nutq sözladilar.
Ikki kunlik forum dasturi keng qamrovli bölib, universitetning ko‘p tarmoqli klinikasida ham ixtisoslaştirilgan ilmiy sessiyalar, ekspertlar davra suhbatlari bemorlar ko‘rigi - mahorat darslari ham o‘tkazildi va klinika mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashishdi.
Xususan, forum doirasida genom tadqiqotlari, DNK diagnostikasi, prenatal va neonatal skrining, irsiy metabolik kasalliklar, spinal muşak atrofiyasi, Dyuşenn muşak distrofiyasi, Fabri va Pompe kasalliklari, irsiy nevrologik patologiyalar, tuğma immunitet yetişmovçiligi, şuningdek, noyob genetik sindromlarni aniqlaş va davolaş masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, bolalarda irsiy kasalliklarni erta aniqlaş, neonatal skrining dasturlarini rivojlantiriş, ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar uzviyligini ta’minlaş va multidissiplinar yondaşuvlarni kuçaytirişga alohida ahamiyat berilmoqda.
Samarqand davlat tibbiyot universitetida ötkazilgan mazkur nufuzli xalqaro forum zamonaviy tibbiyot ilm-fanining eng ilğor yutuqlarini birlaştiriş, xalqaro tajriba almaşiş va innovatsion texnologiyalarni amaliy soğliqni saqlaş tizimiga tatbiq etiş yölida muhim ilmiy maydon bölib xizmat qiladi.

Telegram Instagram +99866 238-67-26